Главная » 2017 » Июнь » 26 » Rossiyada o‘zbekistonliklar 6-sinf o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani aniqlandi
18:07

Rossiyada o‘zbekistonliklar 6-sinf o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani aniqlandi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki o‘zbekistonlik 6 sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda.

Krasnoselskiy tumanida yashovchi 36 yoshli ayol polisiyaga uning qizini boshqa mamlakatdan kelgan ikki yigit tahqirlagani haqida ariza bergan. Tezkor-qidiruv ishlari natijasida jinoyat ikki o‘zbekistonlik tomonidan sodir bo‘lgani aniqlangan.

Birinchi voqea 2016 yilning kuzida sodir bo‘lgan. Maktabdan uyiga qaytayotgan qizga o‘z uyi kiraverishida notanish shubhali shaxs hujum qilgan va uni zo‘rlagan.

Bu hodisadan yarim yil o‘tgach, yana shu yerda o‘sha qizga 20 yoshli yigit tashlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u ham o‘zbekistonlik bo‘lib, shuningdek, 2004 yilda tug‘ilgan qizga ham tajovuz qilgan.

Ikki o‘zbekistonlik ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan voyaga yetmaganlarni zo‘rlash fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: zo‘rlagan, Rossiyada, o‘zbekistonlik, aniqlandi, ikki marta, 6-sinf o‘quvchisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя