Главная » 2020 » Март » 4 » Rossiyada sun’iy idrok yordamida koronavirus tarqalish modeli tuzildi
22:35

Rossiyada sun’iy idrok yordamida koronavirus tarqalish modeli tuzildi


Rossiyada sun’iy idrok yordamida koronavirus tarqalishining matekamik modeli ishlab chiqildi. Bu haqda ushbu loyihani amalga oshrigan Sberbankning ma’lumotlarini o‘rganish markazi rahbari Maksim Eremenko ma’lum qildi deb xabar beradi Interfax agentligi.

Prognoz qiladigan model GLEAM deb nomlanadi.

Eremenkoning so‘zlariga ko‘ra, model alohida hududdagi hukumat, sog‘liqni saqlash boshqarmasi takliflariga qarab virus bilan kurashishning turli ssenariylarini taklif qiladi. 

Modelni ishlab chiqqan mutaxassislar “qiziqarli kuzatuv”ni amalga oshirgan: ba’zi mamlakatlarda "Xitoyga safar qilgan aholining ayrim guruhlarining diniy va madaniy xususiyatlari infeksiyaning tarqalishiga katta hissa qo‘shgan".

Shuningdek, ob-havo ham virus tarqalishiga ta’sir qiladi. Virus sovuq havoda tezroq tarqaladi.

40 yoshgacha bo‘lgan odamlarda virusning yashovchanligi past va bu yosh doirasidagi odamlarda virus tufayli vafot etish holati juda kam kuzatiladi.


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя