Главная » 2021 » Октябрь » 18 » Rossiyada uch o‘zbekistonlik futbolchini o‘ldirib qo‘ydi. Ulardan biri xalqaro qidiruvda
21:39

Rossiyada uch o‘zbekistonlik futbolchini o‘ldirib qo‘ydi. Ulardan biri xalqaro qidiruvda


Rossiyada futbolchini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

Rossiyada futbolchini o‘ldirishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda “Obninsk Name” nashri xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 oktyabr kuni “Yermak” futbol klubining hujumchisi Viktor Kochetov Obninsk shahrida o‘zbekistonliklar bilan janjallashib, burniga berilgan zarba sabab qon ketib vafot etgan.

Xabarda ta’kidlanishicha,  joriy yilning 10 oktyabr kuni “Yermak” va “Kozelsk” futbol klubi o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tgan. “Yermak” klubi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan, biroq umumiy hisob natijalariga ko‘ra, klub  2021 yilgi mavsumda futbol bo‘yicha Kaluga viloyati chempionatining kumush medali sovrindori bo‘lgan.

Shu sababli Viktor va uning ikki do‘sti ushbu hodisani nishonlash uchun saunaga borishadi. Biroq, saunaning ish vaqti tugagani uchun ular soat 3:00 lar atrofida (11 oktyabr) “Toshkent” kafesiga borishgan. 

Kafe egasining so‘zlariga ko‘ra, ular muloyimlik bilan ichimlik so‘rashgan. Futbolchi va uning do‘stlari dastlab barda o‘tirishgan keyinchalik esa kafeda o‘tirgan uch o‘zbekistonlikdan iborat guruhga qo‘shilishgan.

Bir ozdan so‘ng, o‘zbekistonliklar ko‘chaga chiqib ketgan ortidan esa Viktor va uning do‘stlari. Kafe egasi keyin nima bo‘lganini bilmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, Janjalda o‘zbekistonliklar Kochetovning burniga qattiq zarba bergan va qon keta boshlagan. Do‘stlari futbolchini olib, mashinada uyiga olib ketishgan.

“Do‘stlari uni chalajon holda uyiga olib kelishdi. Ular tez yordam chaqirishdi, biroq u ham qirq daqiqadan keyin keldi. Agar Viktorni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishganida, uni qutqarib qolish mumkin edi”, deydi futbolchining rafiqasi. 

Aniqlanishicha, futbolchining o‘limiga asfiksiya sabab bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Gumondorlardan biri bo‘lgan O. ushlangan, Sh. ismli shaxs haqida esa hech qanday ma’lumot yo‘q.

Yana bir gumondor K.A. Rossiyani tark etgan va xalqaro qidiruvga berilgan. U O‘zbekistonning Xorazm viloyatida yashaydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qidiruvda, o‘ldirib, Rossiyada, o‘zbekistonlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя