Главная » 2021 » Июль » 20 » Rossiyadagi yong‘inlar O‘zbekistondagi ob-havoni yanada og‘irlashtirishi mumkin
16:45

Rossiyadagi yong‘inlar O‘zbekistondagi ob-havoni yanada og‘irlashtirishi mumkin


Rossiyaning Yoqutistonida oxirgi kunlarda o‘rmon yong‘inlari yana avj oldi.

Avtonom respublikaning 8 tumanida o‘rmon yong‘inlar qariyib 1,5 mln gektar maydondagi yashillik dunyosini yo‘q qilib bo‘lgan.

Juda katta maydondagi yashillik biomassasining yo‘q bo‘lishi, havoga milliardlab tonna is gazi miqdorining chiqarilishiga va kelgusida ularning yutilmay qolishiga sabab bo‘ladi.

Bu kabi o‘zgarish foni Rossiya sharqida «issiqxona effekti»ni kuchaytirib, Yoqutistonda oxirgi yillarda kam shakllanayotgan sovuq Sibir antitsikloni rivojlanish siklini yanada kamaytirishi mumkin, deyiladi «O‘zgidromet» ma’lumotida.

Boshqacha aytganda, aynan hozirgi yirik o‘rmon yong‘inlari keyinroq Sibirda sovuq havo oqimlari shakllanishini kamaytirib, shundoq ham O‘zbekistonga oxirgi yillarda kam kirib kelayotgan sovuq havo oqimlar soni yana kam kirib kelishida aks etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rossiyadagi, ob-havoni, og‘irlashtirishi, O‘zbekistondagi, yong‘inlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя