Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Rossiyalik milliarderning o‘g‘li jonsiz holda topildi
10:08

Rossiyalik milliarderning o‘g‘li jonsiz holda topildi


Rossiyalik yirik ishbilarmon va milliarderning 22 yoshli o‘g‘li o‘lik holda topildi.

Manbaga ko‘ra, marhumning jasadini otasi topgan, u bir necha kun oldin xizmat safaridan qaytganida uyda hech kim uni kutib olmagan. O‘g‘lining xonasiga kirganida u jonsiz holda yotardi. Milliarder darhol politsiya va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.

Shifokorlar yigitning taxminan to‘rt kun oldin vafot etganini aniqlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga noma’lum preparatning haddan tashqari ko‘p dozada qabul qilinishi sabab bo‘lgan.

Marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Manbalarda milliarderning shaxsi oshkor qilinmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: milliarderning, topildi, jonsiz holda, Rossiyalik, o‘g‘li | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя