Главная » 2021 » Август » 30 » Rossiyalik mutaxassis o‘zbek olimlari ixtiro qilgan “pomidor-vaksina” bo‘yicha fikr bildirdi
15:22

Rossiyalik mutaxassis o‘zbek olimlari ixtiro qilgan “pomidor-vaksina” bo‘yicha fikr bildirdi


Avvalroq, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari COVID-19 ga qarshi vaksina sifatida iste’mol qilinadigan pomidor ixtiro qilgani haqida xabar bergan edik. Rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov ushbu “pomidor-vaksina” bo‘yicha fikr bildirdi.

Uning aytishicha, yeyiladigan vaksinalar ustidan tajribalar o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlangan va hozirgacha “istiqbolli sanalgani uchun” tajribalar davom etmoqda.

Shuningdek, Nikolay Kryuchkov “fitovaksina”larning 5 ijobiy tomonini sanab o‘tdi:

•  Qulaylik, og‘riq yo‘qligi. Ignada ukol qilishga hojat qolmaydi. Yeysan-u, qutulasan.

•  Nojo‘ya ta’sirlar kam – vaksinadan keyingi reaksiyalar oddiy vaksinalarnikiga nisbatan kam bo‘ladi.

•  Emlash xonalari, tibbiyot xodimlari, sterillikni saqlash va boshqa shart-sharoitlarga ketadigan xarajatlar qisqaradi.

•  Saqlash uchun alohida muzlatgichlar va muzlatgichlar bilan jihozlangan transport vositalari kerak bo‘lmaydi.

•  Ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bioreaktorlarda yoki boshqa uskunalar yordamida ishlab chiqariladigan vaksinalardan kamroq xarajat talab qiladi.

“O‘simliklar tabiatan himoya qobig‘iga ega, shu bois ham vaksina organizmga tabiiy biokapsulada tushadi. Shu bois ham immunitet ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan oqsillar ovqat hazm qilish tizimining yuqori qismida so‘rilmaydi, balki chuqurroq kirib boradi, bu ham bo‘lsa ushbu vaksinaning yana bir ijobiy tomonidir”, deydi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, hozirda dunyoda ham, O‘zbekistonda ham iste’mol qilinadigan vaksinalarni yaratish bo‘yicha tajribalar davom etmoqda. Ammo klinik amaliyotda hali birorta ham bunday vaksina qo‘llanilmayapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiyalik, vaksina, pomidor, mutaxassis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя