Главная » 2020 » Апрель » 16 » Rossiyalik shifokor koronavirusni eng yaxshi virus deb atadi
12:21

Rossiyalik shifokor koronavirusni eng yaxshi virus deb atadi


Teleboshlovchi hamda rossiyalik tibbiyot fanlar doktori Yelena Malisheva koronavirusning qanchalik xavfli ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan, uni eng yaxshi viruslardan biri deb atadi.

Shifokor bu fikrni «Instagram»dagi jonli muloqot paytida bildirdi.

“Men bu virusni eng yaxshi viruslardan biri deb bilganman va hozir ham shunday deb o‘ylayman ", dedi Malisheva va o‘z nuqtai nazarini koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlarning o‘rtacha yoshi 79 yarim yilni tashkil etishi, bolalarning esa bu xastalikka deyarli chalinmasligi bilan izohladi.

Malisheva bu so‘zlari bilan keksa odamlar o‘lishi kerakligini aytmayotganini qayd etar ekan, o‘z onasi 86 yoshda ekanligini ta’kidladi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, aholiga tahdid nuqtai nazaridan, qizamiq emlash mavjudligiga qaramay, koronavirusdan ham xavfliroqdir. Vaholanki, bolalar qizamiqdan vafot etishadi, ammo koronavirusdan emas. Malishevaning so‘zlariga ko‘ra, bu katta baxt.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirusni, shifokor, Rossiyalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя