Главная » 2020 » Август » 13 » Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasining eksport narxi ma'lum qilindi
11:00

Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasining eksport narxi ma'lum qilindi


Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi xorijga yetkazilganda uning ikkita dozasi narxi kamida 10 dollarni tashkil qiladi. Bu haqda “R-Farm” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aleksey Repik ma'lum qildi.
“Agar eksport haqida gapirsak, unda vaksinaning ikkita dozasi narxi, bizning baholashimizcha, eng kami bilan 10 dollar bo‘ladi. Har holda, birinchi seriyalar yetarlicha qimmat bo‘ladi”, deb aytgan Repik. 

Uning ta'kidlashicha, vaksina ishlab chiqarilishi yetarlicha sanoat hajmlariga yetganda arzonlashadi.
11 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e'lon qildi. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi va Rossiya mudofaa vazirligining 27-markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan vaksina “Sputnik V” deb nom olgan. 
Putinning ta'kidlashicha, vaksina klinik sinovlar vaqtida yuqori samarador va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan hamda jiddiy asoratlarga olib kelmagan. Vaksinaning ilk partiyalari 2 hafta ichida chiqariladi, uning ommaviy ishlab chiqarilishi esa yaqin orada boshlanadi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: birinchi vaksinasining, Rossiyaning, Koronavirusga qarshi, eksport narxi, ma'lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя