Главная » 2019 » Декабрь » 13 » Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Jumanazar akani g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj deb topdi
20:23

Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Jumanazar akani g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj deb topdi


Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof-muhitdan qoniqmaslik, o‘zining gallyusinator-fantastik vasvasa g‘oyalari ta’sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o‘zining fikrlarida qat’iy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, o‘zga olam, o‘zga sayyora haqidagi qat’iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990-yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi “rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi” tashxisini tasdiqlaydi.

 

“Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko‘ra, Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj”, — deyiladi ekspertlar xulosasida.

 

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida o‘zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo‘lgani haqidagi xabar o‘zbek internetini "portlatdi". Jumanazar aka noma’lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo‘llarini o‘rganib kelganini da’vo qilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя