Главная » 2021 » Апрель » 24 » Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangiladi
20:31

Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangiladi


Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda o‘zbekistonliklar – Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, siltab ko‘tarish mashqida oltin medal uchun ikki o‘zbekistonlik o‘zaro raqobat olib borgan. Yakunda Ruslan Nuriddinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etgan.

“Ta’kidlash joiz, dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko‘rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘y sundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistolik bokschi Nigina O‘ktamova jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yangiladi, rekordini, Jahon, Ruslan Nuriddinov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя