Главная » 2021 » Март » 11 » Rustamjon Hamidov «yil imomi» bo‘ldi
10:33

Rustamjon Hamidov «yil imomi» bo‘ldi


Kecha, 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yil tanlovi – 2020» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora mas’ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng obod masjid» va «Yil imomi» yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ko‘p ovoz olgan nomzodlar g‘olib deb topildi.

«Eng obod masjid» yo‘nalishi:

1-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi;

2-o‘rin. Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidi;

3-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi.

«Yil imomi» yo‘nalishi:

1-o‘rin. Andijon viloyati Baliqchi tumani «Oqqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov;

2-o‘rin. Toshkent shahar Olmazor tumani «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Is’hoqjon Begmatov;

3-o‘rin. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani «Qo‘chqor ota» jome masjidi imom-xatibi Soliyev Muhammadjon.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: imomi, Rustamjon Hamidov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя