Главная » 2017 » Май » 30 » Saharlikda uxlab qolsa, nima qiladi?
17:39

Saharlikda uxlab qolsa, nima qiladi?


Savol: Ba’zan Ramazon saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro‘zaga qanday niyat qilish kerak? Biror narsa yeb olish lozimmi? Chunki ulab ro‘za tutish, ya’ni saharlik qilmay, ro‘za tutish makruh, deyilgan…

Javob: «Ulab ro‘za tutish», deyilganda og‘iz ochish vaqtida og‘iz ochmay, ya’ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa yemay-ichmay, jimo’ qilmay ro‘za tutish tushuniladi. Og‘iz ochish vaqtida og‘zini ochib, taom yeb, saharlikka turolmay ro‘za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg‘onganida tong otgan bo‘lsa, hech narsa yemasligi va ichmasligi kerak. Yeb-ichsa, shu kuni ro‘za tutmagan bo‘ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro‘zasini Alloh roziligi uchun tutishni ko‘nglidan o‘tkazsa, ro‘za tutishga niyat qilgan bo‘ladi. Umuman ro‘zaning niyati Alloh roziligi uchun ro‘za tutmoqlikni ko‘nglidan o‘tkazishdir.

“Dinda savolim bor” kitobidan olindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Ro'za, Ramazon, nima qiladi?, uxlab qolsa, Saharlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя