Главная » 2020 » Май » 22 » Saharlikka turkcha beyti kabob pishiramiz
01:41

Saharlikka turkcha beyti kabob pishiramiz


Turk oshxonasining mashhur taomlaridan biri bo‘lgan beyti kabob dasturxoningizga ko‘rk berishiga shubha yo‘q.
Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
qiyma — 150 gr;
tuxum — 2 dona;
yupqa xamir (qat-qat somsaniki singari) yoki lavash;
quritilgan qalampir kukuni — 1 choy qoshiq;
pomidor — 2 dona;
sariyog‘ — 1 choy qoshiq;
o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanish jarayoni:
Xamirni yupqa qilib yoyib o‘rtasidan kesing, ustiga yog‘​ surting
“Nachinka” tayyorlab oling:
Qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq piyoz, tuxum, tuz va murch qo‘shing.
Tayyor qiymalarni kabob shakliga keltirib, 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
Tayyor kaboblarni xamirga qo‘yib rulet shaklida o‘rang.
Yana 10 daqiqaga pechga qo‘ying.
Bu vaqtda qayla tayyorlab oling. Buning uchun qirg‘ichdan chiqarilgan pomidorni tovaga solib, ustidan tomat pastasi, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i solib aralashtiring.
Qaylani 2-3 daqiqa dimlang.
Xamirga o‘ralib pishgan kaboblarni suratdagidek kesib likopchaga tering, ustidan qayla quying.
Likopcha o‘rtasiga suzma qo‘ying.
Beyti kabobni qovurilgan kartoshka hamda yengil salat bilan bezash mumkin.
Yoqimli ishtaha!

Manba: "daryo.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: beyti kabob, Turkcha, Saharlikka, pishiramiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя