Главная » 2021 » Март » 21 » Saida Mirziyoyeva 20 yil oldin tushgan surati va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi (foto)
19:44

Saida Mirziyoyeva 20 yil oldin tushgan surati va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi (foto)


Saida Mirziyoyeva Telegramdagi o‘zining kanaliga yigirma yillar oldin tushgan rasmini joylab, ichki kechinmalarini yozib qoldirdi.

«Bu surat olinganiga yigirma yilcha bo‘ldi. Men unda 19 yoshlarda edim – yuragi quvonch va orzu-umidlarga to‘la yoshgina qizaloq...

Bugun osmonga nazar tashlab, Toshkentimiz uzra suzib ketayotgan pag‘a-pag‘a oppoq bulutlarga ko‘zim tushdi. Ko‘nglimdan yana o‘sha bolalarcha zavqu shavq, cheksiz quvonch tuyg‘usi kechdi.

Sizning ham qalbingiz doim sevinchga to‘la bo‘lsin. Bahoriy gullar hayotingizga faqat yorqin ranglar olib kirsin. Xonadoningizda halovat, tinchlik-xotirjamlik hukm sursin.

Bayram muborak, azizlarim!» deb yozadi Saida Mirziyoyeva.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: surati, o‘rtoqlashdi, Saida Mirziyoyeva, kechinmalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя