Главная » 2020 » Октябрь » 4 » Saida Mirziyoyeva: «Biz buni uddaladik»
09:26

Saida Mirziyoyeva: «Biz buni uddaladik»


Sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag‘ishlangan «Mendirman Jaloliddin» yangi ko‘p qismli tarixiy badiiy filmning ilk taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Mendirman Jaloliddin» serialini tarixiy filmlar olish borasida katta tajribaga ega Turkiyaning mashhur «Bozdag film» kompaniyasi suratga olmoqda. Ushbu kompaniya «Tirilish-Ertug‘rul» va «Qurilish-Usmon» kabi seriallarni olgan.

Mazkur loyihada Milliy mass-madia fondi vasiylik kengashi, O‘zbekiston madaniyat vazirligi hamda homiy sifatida «Orient Finans Bank» ishtirok etmoqda.

Marosimda Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va «Orient Finans Bank» Boshqaruv kengashi raisi Bobur Parpiyevlar filmning yaratilishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Saida Mirziyoyeva mazkur ko‘p qismli filmning suratga olinishi katta jasorat, mehnat va iroda talab qilganini, pandemiya sharoitida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi va fikrlari so‘nggida shunday dedi: «Biz buni uddaladik!»

Ma’lum qilinishicha, serialning 1-fasli 13 qismdan iborat bo‘lib, premera 2021 yilning yanvar oyiga rejalashtirilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saida Mirziyoyeva, uddaladik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя