Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Saida Mirziyoyeva: OTMda talaba qizlarga nisbatan shilqimlik — jiddiy muammo
20:14

Saida Mirziyoyeva: OTMda talaba qizlarga nisbatan shilqimlik — jiddiy muammo


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3-kurs talabasini «zo‘rlamoqchi» bo‘lgani, qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng uni derazadan «itarib yuborgani» haqida xabarlar tarqaldi.

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva bunga o‘z munosabatini bildirdi.

«OTMda talaba qizlarga nisbatan xarassment (shilqimlik) — jiddiy muammo, Pedagogika universiteti talabasi bilan shu kunlarda sodir bo‘lgan voqea buning yaqqol dalilidir.

Bu haqda Nemolchi.uz internet OAV xabar qildi.

Menimcha, qiz-ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi bunday OAV faoliyati — katta muvaffaqiyat hamda adolatsizlik va cyeksizimga toqat qilishni istamaydiganlarning so‘nggi umididir. Fond ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bunday ommaviy axborot vositalarini olqishlashi va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman.

Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz. Albatta, bu haqda ochiq gapirishga jazm qilgan qizlarning jasorati va qat’iyati tahsinga sazovor. Biroq taz’yiq va nohaqlik haqida baralla gapira olmay, dardu hasratini mash’um kabinetlar hamda xotirasining uzoq burchaklariga dafn etganlar qancha! Jabrdiydaning o‘zini ayblab, tergovni «yopti-yopti» qilib yuborilgan holatlar qancha! Qanchadan-qancha jinoyatchilar ojizani murosaga ko‘ndirgani yoki qo‘rqitib qo‘ygani uchun suvdan quruq chiqqan?

Ayni kunlarda bu haqda tinimsiz o‘ylayapman. Biz bu borada Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyihaga muhtojmiz. Aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart. Zo‘ravonlik qurbonlari ularning nidosini eshitadiganlar va yordam beradiganlar borligiga ishonchi komil bo‘lishi, zo‘ravonlar esa jazo muqarrar ekanligini anglashi zarur.

Shunda nafaqat o‘qishdan haydash yoki boshqa bahonalar bilan OTM talaba qizlariga tahdid qilishga, balki istalgan boshqa joyda ham lavozim va mavqeini suiste’mol qilish bilan qonunni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-kurs talabasini dekan o‘rinbosari o‘z xonasida zo‘rlashga uringani, so‘ng qarshilik ko‘rsatgani uchun derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi. Holat prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani aytilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saida Mirziyoyeva, OTM, shilqimlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя