Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Sakkiz mamlakat Oyni «bo‘lishib» oldi
17:16

Sakkiz mamlakat Oyni «bo‘lishib» oldi


Astronavtlar xalqaro kongressida Yerning yo‘ldoshi — Oyni o‘zlashtirish haqida shartnoma imzolandi. Shartnoma hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlardan tashqari foydali qazilmalarni qazib olishni ham ko‘zda tutadi, deyiladi NASA xabarida.

Shartnomani imzolagan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, BAA va Lyuksemburg.

Amerikaning Oy loyihasi — «Artemis» sharafiga ushbu shartnoma Artemida kelishuvi deya nomlandi.

«Artemida inson fazoni o‘zlashtirishi tarixida eng keng va turfa dasturga, Artemida kelishuvi esa ushbu global koalitsiyani yaratuvchi vositaga aylanadi», — dedi NASA ma’muri Jim Bridenstayn.

NASA mutasaddisiga ko‘ra, endi foydali qazilmalarni qazib olish bazalari va ular atrofida, boshqa mamlakatlar bilan nizoga bormaslik uchun, xavfsizlik zonalarini barpo etish mumkin bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mamlakat, bo‘lishib oldi, Oyni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя