Главная » 2017 » Январь » 8 » Salim Abduvaliev Milliy Olimpiya qo‘mitasi Vise-Prezidenti etib saylandi
19:42

Salim Abduvaliev Milliy Olimpiya qo‘mitasi Vise-Prezidenti etib saylandi


Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda to‘rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida hisobot berildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Bosh Assambleya yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasining to‘rt yiliik sikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi. Shundan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylash marosimi bo‘lib o‘tdi va ushbu lavozimga “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov bir ovozdan saylandi. 

Mamlakatimizdagi sport federatsiyalari va taniqli sportchilarning taklifiga ko‘ra Mirabror Usmonov Milliy olimpiya qo‘mitasining faxriy prezidenti etib tayinlandi. O‘z navbatida o‘tgan davr mobaynida qo‘mitaga rahbarlik qilgan Mirabror Usmonovga butun sport jamoatchiligi va olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik izhor etildi.

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, Mirabror Usmonov Rio—2016 Olimpiadasi sikli boshlangan bir vaqtda MOQ prezidenti etib tayinlangan bo‘lib, uning rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

Shuningdek, qo‘mita vise-prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Milliy Olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Salim Abduvaliev, Vise-Prezident | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя