Главная » 2021 » Июль » 8 » Samarqandda 18 yoshli bola totalizatorda katta pul yutqazib o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda
10:46

Samarqandda 18 yoshli bola totalizatorda katta pul yutqazib o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda


2021-yil 15-may kuni Pastdarg‘om tumani, «Yangiobod» mahallasida yashab kelgan 18 yoshli o‘spirin o‘z uyning yordamchi xo‘jalik xonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hayot Shamsiddinovning bildirishicha, bugungi kunda mamlakatimizda ham ijtimoiy faol yurtdoshlarimiz sa’y-harakatlari o‘laroq aksariyat qonunbuzilishi, xattoki jinoyatlar ham aniqlanib, fosh etilmoqda.

Jumladan, «Daryo.uz» saytining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Otabek Qo‘ldoshev 2021 yilning 15 may kuni Pastdarg‘om tumanida 17 yoshli o‘spirin bola internetda avj olgan totalizatorda (qimor o‘yini dastgohi) katta miqdorda pul yutqazib, boshqalardan qarz bo‘lib qolganligi sababli o‘z joniga qasd qilganligini bildirib, bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.

So‘rov bo‘yicha darhol axborotni taqdim etish maqsadida Samarqand viloyati prokuraturasi bilan bog‘lanilganida, bunday holat rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘lgan.

Ammo, «Daryo.uz» muxbiri tomonidan berilgan xabar bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, 2021-yil 15-may kuni Pastdarg‘om tumani, «Yangiobod» mahallasida yashab kelgan 18 yoshli o‘spirin o‘z uyning yordamchi xo‘jalik xonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Biroq, yaqinlari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilmasdan, shu kuni marhum qabristonga dafn etilgan.

«Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 7-iyul kuni Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazishga kirishilib, hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z vaqtida murojaat etilmaganligi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi, obodonlashtirish bo‘limi,  oila va mahallani qo‘llab quvvatlash bo‘limi va IIBga xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Tekshirish davomida «Daryo.uz» sayti muxbiri tomonidan bildirilgan vajlar to‘liq o‘rganilishi ta’minlanadi.

Shu o‘rinda, jamiyatimizda boshqalarning dardiga befarq bo‘lmagan, qonun ustuvorligi, yurt farovonligi, aholi osoyishtaligi yo‘lida beminnat mehnat qilayotgan fidoyi jurnalist va blogerlar faoliyati samarasini tan olmasdan iloji yo‘q», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qasd, Bola, Samarqandda, yutqazib, totalizatorda, o‘z joniga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя