Главная » 2021 » Октябрь » 28 » Samarqandda 5 bola vafot etdi
07:26

Samarqandda 5 bola vafot etdi


Samarqand viloyatida so‘nggi 10 kun ichida sakkiz kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan 5 nafari voyaga yetmaganlar edi.

Bu haqda Pastdarg‘om tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakili Sirojiddin Abdullayev ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan o‘n kun ichida Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd etilgan va buning oqibatida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Halok bo‘lgan sakkiz nafardan besh nafari yosh bolalar. Yana bir fuqaroning sog‘lig‘i og‘ir deb baholanib, u hozirda shifoxonada.

Baxtsiz hodisalarni dastlabki o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, fuqarolar nosoz isitish moslamalaridan foydalanganligi oqibatida zaharlanish yuz bergan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandda, vafot etdi, Bola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя