Загрузка...
Главная » 2018 » Май » 10 » Samarqandda 6-sinf o‘quvchisi maktabda vafot etdi
21:46
Samarqandda 6-sinf o‘quvchisi maktabda vafot etdi

Samarqand shahrida 4 may, juma kuni 6-sinf o‘quvchisi H.Jning ustiga darvoza qulab ketgan. Natijada shu maktab o‘quvchisi olgan jarohatlar sabab vafot etgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, shu kuni soat 12:45 larda Samarqand shahar 71-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.J muassasaning orqa tomonidagi eski darvozadan sakrab o‘tayotgan vaqtda ustiga darvoza qulab tushishi oqibatida vafot etgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beramiz,” deya yozadi yuqorida nomi keltirilgan manba.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 439 | Добавил: ADMIN | Теги: o‘quvchi, Samarqand, vafot etdi, 6-sinf, maktab | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |