Главная » 2017 » Август » 20 » Samarqandda 7 soat ichida 8 ta uy yonib ketdi
12:04

Samarqandda 7 soat ichida 8 ta uy yonib ketdi


Samarqand shahrining “Qo‘shchinor” mahallasidagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida 14 avgust kuni soat taxminan 14:00 da yong‘in yuz berdi. Samarqand shahar YXB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in gaz ballonning nosozligi sababli kelib chiqqan. Bu haqda STV telekanaliga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Natijada olov qo‘shni uylarni ham qamrab olgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar uzoq vaqt alangani jilovlay olmagan. Yonayotgan uy oldida juda ko‘p odam to‘plangan. Ikkita o‘t o‘chirish mashinasi yong‘inni o‘chira olmagani sababli yordam kuchi chaqirilgan.

Soat 15:00 da olovni o‘chirish uchun 10 ta o‘t o‘chirish mashinasi va qariyb 40 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Bu vaqtda alanga qo‘shni uylarga ham o‘tishga ulgurgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Keyinroq olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqqan uyda tez yonuvchan plastmassa va rezina materiallar, avtomobil gaz ballonlari bo‘lgan. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, yonib ketgan uy egasi avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullangan. Kechki soat 21:00 ga boribgina yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qariyb 180 kvadrat metr maydonni egallagan, sakkizta hovli yonib ketgan. Yong‘in oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar hozircha hisoblanmagan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uy yonib ketdi, Samarqand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя