Главная » 2021 » Апрель » 18 » Samarqandda begona ayol bilan SMS yozishgan erkak IIBga murojaat qildi
14:21

Samarqandda begona ayol bilan SMS yozishgan erkak IIBga murojaat qildi


2021 yil 15 aprel kuni Pastdarg‘om tumanida yashovchi, Xayrullo ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Umida ismli shaxs tanishi, Baxora ismli ayol bilan bilan yozishgan SMSlarini qo‘lga kiritib, ushbu yozuvlarni turmush o‘rtog‘iga berishini aytib qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatib yubormaslik evaziga 14.000.000 so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

2021 yil 15 aprel kuni Pastdarg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Umida kelishilgan pullardan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: murojaat, Begona, Erkak, SMS, Samarqandda, Ayol, IIBga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя