Главная » 2020 » Декабрь » 23 » Samarqandda Captiva’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygan yarim yalang‘och erkak sudga berildi
08:32

Samarqandda Captiva’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygan yarim yalang‘och erkak sudga berildi


21-dekabr kuni Samarqandda yarim yalang‘och erkak yo‘l o‘rtasida Captiva’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda erkak mashina haydovchisiga qarab, “ur meni, ur”, deb baqirgan. Uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan keksa kishining ham gapiga quloq solmay, yo‘lga o‘tirib olgan.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani “Mironqul” MFYda yashovchi 25 yoshli S.B. spirtli ichimlik ta’sirida sodir qilganligi aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborilgan.

Fuqaroning o‘zi bilan bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yarim yalang‘och, Captiva, to‘sib qo‘ygan, Erkak, sudga, Samarqandda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя