Главная » 2018 » Апрель » 8 » Samarqandda Cobalt va Nexia to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi
21:47

Samarqandda Cobalt va Nexia to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi


Kecha, 7-aprel kuni kechki soat 17:25 larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi .

Ma’lum bo‘lishicha, 1996-yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995-yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda Cobalt avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, Nexia avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek Cobalt avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘qnashdi. Sakkiz kishi, Samarqand, Cobalt, halok bo‘ldi, nexia | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя