Главная » 2020 » Февраль » 8 » Samarqandda it onasi tomonidan tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi
21:04

Samarqandda it onasi tomonidan tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi


Samarqandda it yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayotini saqlab qoldi, hayvon bolani daraxtzorda ko‘rib qolgan. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida xabar berildi. 

6 fevral kuni 21 yoshli qiz chaqaloqni dunyoga keltirgan va uni daraxtzorga tashlab ketgan.

It yangi tug‘ilgan bolani ko‘rib qolgan va o‘z egasiga olib borgan.

«It qahramonga aylandi va butun qishloqni hayratga soldi. U bolani tishida ushlab olgan holda egasiga olib keldi. Itning egalari chaqaloqni tibbiy muassasaga topshirishdi», - deyiladi telekanal ko‘rsatuvida.

Mahalliy shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bola olib kelinganida, u kir holatda bo‘lgan, tanasining ba’zi qismlari esa tirnalgan.

«Bolaning vazni 3,1 kilogramm. Sog‘lig‘i holati o‘rtacha og‘irlikda», - deya ta’kidlab o‘tdi tibbiyot xodimi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя