Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Samarqandda masjidga o‘g‘ri tushib, ehson qutisini tunamoqchi bo‘ldi
15:56

Samarqandda masjidga o‘g‘ri tushib, ehson qutisini tunamoqchi bo‘ldi


Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan «So‘fi Olloyor» masjidiga o‘g‘ri tushdi. Kun.uz muxbirining aniqlashicha, o‘g‘rilik bugun, 8 dekabr kuni sodir etilgan.

O‘g‘rilikni bir kishi sodir etganmi yoki ko‘pchilikmi aniq emas. Chunki o‘g‘ri ketayotib, masjidga o‘rnatilgan nazorat kamerasi qaydlari saqlanadigan fleshkani ham olib ketgan.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘ri masjiddan bir nechta gilam olib ketgan. Shuningdek, masjiddagi ehson qutisi ham buzilgan, lekin quti bo‘sh bo‘lgan. O‘g‘ri masjidning ichkarisiga derazani sindirib kirgan. O‘g‘rining kimligi ma'lum emas va hamon qidirilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘g‘ri tushib, ehson, Samarqandda, qutisini, masjidga, tunamoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя