Главная » 2021 » Февраль » 25 » Samarqandda odamlar ko‘z o‘ngida ayoli va uning «jazmani»ni o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
20:41

Samarqandda odamlar ko‘z o‘ngida ayoli va uning «jazmani»ni o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi


Samarqand shahridagi savdo do‘konlaridan birida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida avval xabar berilgandi. 

O‘tgan yilning 20-noyabr kuni kechki payt (soat 18.00 atrofida) Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi M.A. (1978-yilda tug‘ilgan, tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Sh.A. (1989-yilda tug‘ilgan) katta yo‘l chetida to‘xtagan «Nexia-3»ga chiqayotganini ko‘rib qoladi. Mashina boshqaruvida R.E. (31 yosh) ekanini bilgach, u va xotini o‘rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqidagi mish-mishlarni eslab, yo‘lovchi mashinada kuzatishga tushadi.

Ayol va uning hamrohi Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi do‘konlarning biriga kirgach, u ham ichkariga yo‘l oladi. Natijada savdo do‘konida janjal ko‘taradi va shu yerda o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan har ikkisiga og‘ir jarohat yetkazadi. Yetkazilgan jarohatlar natijasida ayol ham, uning «jazmani» deb gumon qilingan erkak ham voqea joyida vafot etadi.

Mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqildi. Samarqand viloyat sudi tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan ushbu shaxsga 22 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: erkakka, hukm, jazmani, o‘ldirgan, Samarqandda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя