Главная » 2019 » Декабрь » 27 » Samarqandda qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi
20:42

Samarqandda qarz tufayli kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi


2019 yil 3 dekabr kuni taxminan soat 12:30larda Samarqand tumani Konigil mahallasi hududida fuqaro 32 yoshli A.X.  va 33 yoshli F.N. o‘zaro qarz oldi-berdi masalasida janjallashgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, F.N. muqaddam A.X.dan olgan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni qaytarib bermaganligi sababli, A.X. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan F.N.ga tan jarohati yetkazgan, natijada F.N. tan-jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.  Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro F.N.ga og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.X.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilinib, munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, sudlov organiga yuborilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя