Главная » 2020 » Март » 29 » Samarqandda tibbiy niqobsiz haydovchilar va yo‘lovchilar ko‘chadagi kameralar yordamida aniqlanmoqda
10:15

Samarqandda tibbiy niqobsiz haydovchilar va yo‘lovchilar ko‘chadagi kameralar yordamida aniqlanmoqda


Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma kuch vositalarni boshqarish Vaziyat markazi xodimlari tomonidan ko‘chada piyoda va avtotransportda tibbiy himoya niqobsiz harakatlanayotgan fuqarolar aniqlanmoqda.

Vaziyat markaziga ulangan kameralar avtomashinalarning davlat qayd etish raqamlarinigina emas, ko‘chada ochiq yuz bilan harakatlanayotgan fuqarolarni yuzidan tanib, shaxsiga oydinlik kiritib bera oladi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, kameralar yordamida aniqlangan, mavjud qoidalarga bepisandlik qilish bilan huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, tegishliligi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilmoqda.
 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 27 aprel kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Samarqandda yangidan barpo etilgan, jihozlash va dasturiy ta'minotga yana 4 milliard so‘m sarflangan Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining yangi binosini ochib bergan edi.

Yangi binoda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Vaziyat markazi barpo etilgan. Ayni paytda Samarqand shahrida o‘rnatilgan 4 mingdan ziyod kameralarning 1100 dan ortig‘i markazning kuch va vositalarni yagona geoinformatsion boshqarish tizimiga ulangan.

Markazda Samarqand shahrining geoinformatsion xaritasi yaratilgan. Mahalliy dasturchilar tomonidan yaratilgan, videotasvir orqali odam yuzini aniqlash tizimi biometrik ma'lumotlari bazada bo‘lgan barcha fuqarolarni taniydi, shuningdek, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni soniyalar ichida aniqlab, xabar beradi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя