Главная » 2022 » Сентябрь » 7 » Samarqanddagi qabristonda qurigan o‘tlar yoqib yuborildi
12:10

Samarqanddagi qabristonda qurigan o‘tlar yoqib yuborildi


Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi qabristonda qurigan o‘tlar yoqib yuborildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 7-avgust kuni Narpay tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli bo‘lgan “Toshloq ota” qabristoni mas’ullari etiborsizligi tufayli qabriston hududi va qabrlar atrofida qurigan o‘simliklar o‘t qo‘yib, yoqib yuborgan.

Shu sababli tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, jarima qo‘llagan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qabristonda, yoqib, Samarqanddagi, qurigan, yuborildi, o‘tlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя