Главная » 2020 » Июль » 8 » Samarqanddagi shifoxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi
20:44

Samarqanddagi shifoxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi


Joriy yilning 4-iyul kuni «Sevimli» telekanali orqali Samarqandda shifokor va tibbiyot birlashmasi qorovuli kaltaklanganligi to‘g‘risida videolavha namoyish etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi haqida ma’lum qilingandi.  

Aniqlanishicha, 2020-yil 3-iyul kuni soat 16:30da 26 yoshli fuqaro X.K., Samarqand shahar M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kirish darvozasi oldida, shifoxona qorovuli 20 yoshli F.M. va shifokori 48 yoshli F.M.lar bilan «Otasini shifoxonadan avtoulovida olib chiqib ketish»ni ro‘kach qilib, markaz hududiga kirishini bildirib, kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashib, har ikkalasiga ham tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifoxona qorovuli X.K. da burun sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va burun suyagining sinishi kabi jarohatlar mavjud bo‘lib, ushbu jarohatlar sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan YeNGIL tan jarohatlar toifasiga kirishi aniqlangan.

Tibbiyot markazi shifokori F.M. da birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra: chap yonoq, pastki jag‘ yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va bosh miya chayqalishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 7-iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aytib o‘tish joizki, hodisa joyidan olingan videotasvirda, shifoxona xodimlari F.M.(20) va F.M.(48) lar janjal vaqtida X.K.ga ham tan jarohati yetkazganliklari holati aks etgan, shu sababli tergov yakuniga ko‘ra, protsess ishtirokchilarning har biriga qonunda belgilangan chora ko‘rilishi ta’minlanadi, — deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqanddagi shifoxonada, mushtlashuv, sodir bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя