Главная » 2021 » Май » 8 » Samarqandlik askarning xotiniga yozgan xati 78 yil o‘tib uning yaqinlari topilishiga sabab bo‘ldi
10:37

Samarqandlik askarning xotiniga yozgan xati 78 yil o‘tib uning yaqinlari topilishiga sabab bo‘ldi


Past Darg‘om tumanidan ikkinchi jahon urushiga ketgan Umr Hotamovning suyak qoldiqlari, miltig‘i, medaloni hamda maktubi topilgani haqida Rossiyadan xat kelgan.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, maktubda 137-SD shtab askari bo‘lgan Umr Hotamov 1910 yoki 1911 yilda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani sobiq Telman qishloq soveti hududida tug‘ilgani aytilgan. U hozirgi Belarus Respublikasining Gomel oblasti Streshinskiy rayoni Sverdavichi qishlog‘ida 1943 yilning 18 noyabrida bedarak yo‘qolgan.

Umr Hotamovning batalondagi yozuvlarining orasidan turmush o‘rtog‘i Jumagul Hotamovaga yozgan xati ham topilgan.

Shundan so‘ng Past Darg‘om tuman hokimligi Umr Hotamovning turmush o‘rtog‘iga yozgan xatiga asoslanib, e'lon bergan. Natijada, haqiqatan ham urushdan qaytmagan askarning turmush o‘rtog‘i Jumagul Hotamova Past Darg‘om tumanida yashab kelgani, 1987 yilda vafot etgani ma'lum bo‘lgan.

Umr bobo va Jumagul momodan bir qiz – Omonoy Choryorova tug‘ilgan. Omonoy Choryorova (1942 yilda tug‘ilgan) onasi Jumagul momodan: «Qizim, sen 6 oylik go‘dakligingda otang urushga ketgandi», degan gapni ko‘p bora eshitgan.

Aytish mumkinki, askar Umr Hotamov izsiz, nom-nishonsiz ketmadi. Uning xoki qayerda ekani, turmush o‘rtog‘iga yozgan xati ma'lum bo‘ldi. Ma'nan o‘zi ham yurtga qaytdi.

Hozirgi vaqtda Umr boboning 8 nafar nabirasi va ko‘plab evaralari Past Darg‘om tumanida yashab kelmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: askarning, xati, Samarqandlik, topilishiga, xotiniga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя