Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanidagi COVID markazlari yopildi
10:11

Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanidagi COVID markazlari yopildi


Samarqand viloyat hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Urgut tumanlaridagi COVID markazlari yopildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu shahar va tumanlarda tashkil etilgan 200 hamda 500 o‘rinli taqsimlash va davolash markazlarida minglab bemorlar ushbu virusdan davolanib, sog‘lig‘ini mustahkamlab olgan. Ayni paytda kasallik aniqlanishi pasaygan shu kunlarda ushbu taqsimlash markaziga keluvchi bemorlar soni ham keskin kamaygan. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanidagi koronavirusni aniqlash va davolash uchun mo‘ljallangan markazlar o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Ayni paytda Samarqand shahrida joylashgan taqsimlash markazida ham bemorlar soni keskin kamaygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 200 nafardan ziyod virusga gumon qilingan bemorlar davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning yozida koronavirus tarqalishi tezlashgani sababli hududlarda kasallikka chalingan va gumonlangan bemorlarni saralash va taqsimlash markazlari tashkil qilingandi. Shuningdek, Toshkentda 74 ta ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika aholiga kun-u tun xizmat ko‘rsatish tizimiga o'tkazilgandi. O‘zbekistonda COVID-19’ga ajratilgan koykalarning 62 foizi bo‘shligi sabab, prezident Shavkat Mirziyoyev “ulkan mablag‘lar bekorga sarf bo‘lmasligi” uchun optimizatsiya haqida topshiriq bergandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: markazlari, shahri, Kattaqo‘rg‘on, yopildi, Urgut COVID, Samarqandning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя