Главная » 2020 » Май » 31 » Samarqandning “qizil” tumanida 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan
22:46

Samarqandning “qizil” tumanida 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan


Samarqand viloyatining Payariq tumanida 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bemorlarning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi,  3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o‘quvchisi, 4 nafari pensionerlardir.
 

30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonadonlarida epidemologik surishturuv ishlari olib borildi. 736 nafar fuqaroning tana harorati o‘lchanib, shundan 5 nafarida tana harorati ko‘tarilgani aniqlandi.

Tumanda koronavirusdan o‘lim xolatlari kuzatilmagan. 5 ta xonadondan 1 nafardan bemor, 1 ta xonadondan 2 nafar, 1 ta xonadonda 4 nafar bemor COVID-19 koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda.

Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar jami 117 ta xonadondagi 121 nafar fuqorolar (oila a’zolari 489 nafar) uy sharoitida karantinga olinib 28 nafar IIB xodimlari biriktirilgan.

Eslatib o'tamiz, Samarqand viloyatida Samarqand shahri, Oqdaryo tumani, Ishtixon tumani, Payariq tumani, Pastdarg‘om tumani, Samarqand tumani, Tayloq tumani, Urgut tumani "qizil" toifaga kiritilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusga, “qizil”, Tibbiyot, xodimi, chalingan, tumanida, Samarqandning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя