Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Samsung rahbariyati galaxy Note 7 uchun tiz cho‘kkan holda kechirim so‘radi
14:37

Samsung rahbariyati galaxy Note 7 uchun tiz cho‘kkan holda kechirim so‘radi


Xitoyning Shiszyachjuan shahrida o‘tgan tadbirda Samsung kompaniyasining 23 nafar boshqaruvchisi sahnada investorlar va xaridorlar oldida Samsung Galaxy Note 7 smartfonining bozordan qaytarilayotgani uchun tiz cho‘kib kechirim so‘radilar va bunday holat boshqa qaytarilmasligiga va’da berdilar, deb xabar bermoqda Techmundo.

Samsung Galaxy Note 7 smartfoni akkumulyatorlari portlashi sababli chiqqan o‘nlab yong‘inlar tufayli bozordan qaytarilib olingandi. Ayni vaqtda ushbu smartfonlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘xtatilgan, xaridorlarga esa tovon puli taklif qilingan.

Xitoyda tangrilarga itoat qilish, keksa odamlarga hurmat yoki biror odamga alohida hurmatni bildirish maqsadida tiz cho‘kiladi. Bunga Xitoyda boshqa mamlakatlardagiga nisbatan oddiyroq qaraladi.

Xitoy Samsung uchun eng muhim bozorlardan hisoblanadi va shuning uchun kompaniya boshqaruvchilarining bunday yo‘l tutganlarini tushunsa bo‘ladi. Kompaniyada Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan vaziyat boshqa takrorlanmasligiga va’da berildi va kompaniya uchun og‘ir damlarda uni qo‘llab-quvvatlash va unga ishonchni yo‘qotmaslik iltimos qilindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Samsung Galaxy Note 7, Galaxy Note 7, Samsung rahbariyati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя