Главная » 2019 » Декабрь » 31 » Samsung umuman ramkasi bo‘lmagan televizor ishlab chiqdi
09:24

Samsung umuman ramkasi bo‘lmagan televizor ishlab chiqdi


Janubiy Koreyadagi manbalarning xabar berishicha, Samsung Electronics kompaniyasi Consumer Electronics Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining umuman ramkasiz televizorini taqdim etadi.

Kompaniyaning ko‘plab rahbarlari bozorda hozircha muqobili bo‘lmagan yangi ko‘ngilochar qurilmaning ishlab chiqarilishini ma'qullashgan. Ta'kidlanishicha, yangi televizor 2020 yil fevraldan ommaviy ishlab chiqarila boshlanadi.    

Yangi televizorning o‘ziga xos jihati displeyi atrofida ramkasi yo‘qligi hisoblanadi. Kompaniya ushbu yechimni diagonali 65 dyuym keladigan va undan kattaroq o‘lchamli ekranlarga ega televizorlar uchun qo‘llamoqchi. 

Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi bunday “ekstremal dizayn”ni taklif qiladigan birinchi kompaniya bo‘ladi.

Yangi televizor haqidagi batafsil ma'lumotni CES 2020 ko‘rgazmasidan bilib olish mumkin bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя