Главная » 2017 » Апрель » 6 » Sankt-Peterburgda yana bitta portlovchi qurilma topildi
18:57

Sankt-Peterburgda yana bitta portlovchi qurilma topildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida metroda sodir bo‘lgan portlash haqida xabar bergan edik.

Endi bu shaharning Tovarisheskiy ko‘chasidagi turar-joyda ham portlovchi qurilma topildi. Shubhali predmet tufayli turar-joy aholisi evakuatsiya qilingan. Odamlarni yaqin atrofdagi bolalar bog‘chasiga joylashtirishgan.

Shaharning Nevskiy tumani ma’muriyati boshlig‘i Konstantin Serov bu haqda axborot berdi, deb yozadi TASS.

“Portlovchi qurilma topildi va u zararsizlantirildi”, deydi Serov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir xavf yo‘q.

“Ettinchi qavatgacha hammasi zararsizlantirildi va odamlarni joylashtirishga buyruq berildi”, deb qo‘shimcha qildi u. Ma’lum qilinishicha, 8 va 9 qavatlarda tergovchilar ish olib bormoqda.

“Fontanka.ru”ning ma’lumot berishicha, avvalroq qurilma topilgan uydan uch kishini polisiya xodimlari kishan bilan olib chiqqan. Ulardan birini FQB mikroavtobusidan Tergov qo‘mitasi avtomobiliga ko‘chirishgan.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: portlovchi qurilma, topildi, Sankt-Peterburg | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя