Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Saraton kasalligiga chalingan o‘smir o‘zini muzlatib qo‘ydi
13:38

Saraton kasalligiga chalingan o‘smir o‘zini muzlatib qo‘ydi


Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi 14 yoshli qiz o‘limidan biroz avval o‘zini muzlatishga qaror qildi.
 
Saraton kasalligiga chalingan qizga umrining so‘nggi oylarini yashayotganini bilardi.  U o‘lishni va uni yerga ko‘mishlarini xohlamagani, aksincha, kelajakda uning dardiga davo topishlarini istagani uchun ham o‘zini muzlatishga qaror qilgan. Bu haqda “Ren.tv” nashri xabar bermoqda.
 
14 yoshli qizning betobligi uning oila a’zolarini juda qattiq qayg‘uga soldi. Qizaloq yashashni juda-juda istagani uchun uni o‘z xohishiga ko‘ra muzlatishlarini istaganida, otasi bunga qarshilik bildirdi. Qator sud ishlaridan so‘ng, u g‘alaba qozondi va o‘z istagini amalga oshirdi.
 
“Agar 200 yil o‘tganidan so‘ng, uyg‘ongan taqdirida ham, uning yaqinlaridan hech kim bo‘lmaydi”, deydi qizaloqning otasi.
 
O‘smir qizning onasi ham qizining qarorini qo‘llab-quvvatladi.
 
Jismlarni muzlatish bilan bog‘liq adabiyotlarni o‘rganib chiqqan qizaloq ana shu tarzda hayotga qaytishni istadi va quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi.
 
“Meni yer ostiga dafn etishlarini istamayman. Men yashashni, juda uzoq yashashni va kelajakda ana shu kasallikka davo topilganda, meni uyg‘otishlarini istayman. Menda shunday imkoniyat bo‘lsin”.
 
Ayni vaqtda, uning muzlatilgan tanasi AQShga olib kelingan. Chunki muzlatilgan jismlar saqlanadigan kriogen omborxonalar faqat AQSh hamda Rossiyada mavjud.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: muzlatib qo'ydi, saraton kasalligi, o'smir | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя