Главная » 2020 » Август » 31 » Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi
10:43

Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi


Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh onkologi Andrey Kaprin erta tashxisni saraton kasalligining asosiy dushmani deb atadi. Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.

Shifokor koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini ta’kidlab, ayni paytda sabr-toqatli bo‘lishga va vaksinatsiyani kutishga chaqirgan.

«Biz o‘zimizga e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Hamma bilishi lozimki, bizning har qanday fiziologik sekretsiyamizda – tupurikda, siydikda, najasda qon dog‘lari paydo bo‘lishi har ehtimolga qarshi onkologga tekshiruv uchun borishingiz kerakligini bildiradi», – deya qayd etdi mutaxassis.

Kaprin erta bosqichda aniqlagan o‘simtani 97 foizga davolash imkoni bo‘lishini eslatdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: «asosiy dushmani», kasalligining, aniqlandi, saraton | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя