Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Saratonga qarshi qimmatbaho dorilar befoyda bo‘lib chiqdi
10:30

Saratonga qarshi qimmatbaho dorilar befoyda bo‘lib chiqdi


Yirik investitsiyalar va innovatsiyalarga qaramay, so‘nggi o‘n yil davomida tavsiya etilgan saratonga qarshi yangi dorilar bemorlarning yashab ketishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Bu haqda British Medical Journal’da maqola e’lon qilgan angliyalik ekspert Piter Uaysga tayanib, EurekAlert! nashri xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik umrni bir necha hafta yoki oyga uzaytiradigan dorilarni sotib olishga olti xonali summalarni sarflaydi. 2015-yilda butun dunyo bo‘yicha bunday dorilar savdosidan tushgan daromad qariyb 110 milliard dollarga teng bo‘ldi. Uays kimyoviy terapiya vositalarini ma’qullash bo‘yicha qat’iyroq qoidalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning narxini tushirish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Ekspert dorilarni sinab ko‘rish jarayonining kamchiliklariga e’tibor qaratdi. Ulardan biri surrogat yakuniy nuqtalar bo‘lib, ularga qarab dorining samaradorligi aniqlanadi. Ulardan foydalanish vositaning ma’qullanish jarayonini tezlashtiradi, ammo bu dori umrni qanchalik uzaytirishi bo‘yicha ishonchli ma’lumot bermaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Saratonga qarshi, befoyda bo‘lib chiqdi, qimmatbaho dorilar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя