Главная » 2020 » Май » 7 » “Sardoba fojiasi”: Alisher Usmonov O‘zbekiston va Qozog‘istonga 15 mln dollar xayriya qildi
22:19

“Sardoba fojiasi”: Alisher Usmonov O‘zbekiston va Qozog‘istonga 15 mln dollar xayriya qildi


Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni yorilishi natijasida yuzaga kelgan toshqindan jabrlanganlarsha yordam berish uchun 15 mln dollar xayriya qildi. 

Usmonov bu mablag‘ni toshqindan jabr ko‘rgan ikki davlat: O‘zbekiston (10 mln dollar) va Qozog‘istonga (5 mln dollar) yordam berish uchun ajratgan.

Suv ombori yorilishi natijasida O‘zbekistonda 10 dan ortiq qishloqni suv bosdi, 100 mingga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Toshqinda to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Suv toshqini Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga zarar yetkazdi. Tumanda 4 qishloqni suv bosdi, 10 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Bu Alisher Usmonovning joriy yil O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan ikkinchi yordam. Bungacha milliarder koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun avval 20 mln dollar, so‘ng yana 5 mln dollar yordam ajratgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekiston, Alisher Usmonov, xayriya qildi, Qozog‘istonga, mln dollar | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя