Главная » 2021 » Февраль » 24 » «Sardoba ishi» sabab mo‘may pul topishni ko‘zlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi
12:08

«Sardoba ishi» sabab mo‘may pul topishni ko‘zlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi


Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanib jazo o‘tayotgan M.P. go‘yoki Sardoba tumanidagi maktablarga evakuvatsiya qilingan fuqarolarga yordam berish uchun ko‘ngilli sifatida qo‘shilgan. 

U 2020-yil iyul oyida evakuatsiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bahonasi bilan o‘zini Sardoba tumani Qizil yarim oy jamiyati birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirgan. So‘ng ushbu jamiyat nomidan soxta talabnoma to‘ldirib, mahsulotlar saqlanadigan omborga taqdim qilib, u yerdan 15 turdagi 15.154.000 so‘mlik mahsulotlarni olib, bir necha fuqarolarga sotib yuborgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida M.P. huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushlanib, JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu shaxs yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘zlagan, mo‘may, Pul, Sardoba | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя