Главная » 2020 » Август » 20 » Sarimsoq bartaraf etadigan 4 xastalik
21:36

Sarimsoq bartaraf etadigan 4 xastalik


Sarimsoq piyoz – sog‘lik uchun eng foydali sabzavotdir. Har qanday taomga o‘zgacha ta’m beradi. Bundan tashqari, shamollashning oldini oladi. Shuningdek, sarimsoq piyozning bir necha kasalliklarni yengishda eng samarali tabiiy vosita ekanligi haqida “Domashniy ochag” qiziqarli material tayyorladi.

Yuqori xolesterin

Sarimsoq tarkibida kuchli allitsin antioksidanti mavjud. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoq piyozni muntazam iste’mol qilish qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, qon bosimi va qondagi shakar miqdorini bir me’yorda saqlaydi.

Kariyes va milk kasalliklari

Sarimsoqning hidi sabab uni ko‘pchilik xohlamaydi. Ammo uning tarkibidagi kuchli antibakterial xususiyat tishga yuqadigan bakteriyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. Turli tish va milk kasalliklarining oldini oladi. Bir ikki dona sarimsoqni maydalab, iliq suvga qo‘shib, hosil bo‘lgan ekstrakt bilan og‘iz chayiladi. Buni kechqurun uxlashdan oldin qilish kerak.

Ekzema va zamburug‘ infeksiyasi

Sarimsoq nafaqat antibakterial, balki ekzema va mikoz infeksiyasiga qarshi kurashda ham samarali xususiyatga ega. To‘g‘ralgan sarimsoqni suv bilan suyultirib, (kuygan teri uchun bo‘lmaydi) zararlangan joyga surtsa, tuzalishga ancha yordam beradi.

Soch to‘kilishi

Sochlar sog‘ligi va mustahkamligi uchun piyoz sharbatining foydalari haqida ko‘pchilik biladi. Ammo uning “qarindoshi” sarimsoq undan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsatadi. Soch to‘kilishining oldini olish va hatto davolash uchun sarimsoq ekstrakti soch ildizlariga surtiladi. Shuningdek, soch uchun ishlatiladigan yog‘ga ozgina maydalangan sarimsoq qo‘shish va boshni massaj qilish ham soch, ham miya uchun juda foydalidir.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: xastalik, bartaraf etadigan, sarimsoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя