Главная » 2020 » Сентябрь » 23 » Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi
18:32

Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi


Saudiya Arabistonida yashaydiganlarga oktyabrdan umra ziyoratiga ruxsat berildi, deya xabar berdi qirollik IIV.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

4-oktyabrda boshlanadigan birinchi bosqichda odatdagi ziyoratchilarning uchdan bir qismi, ya’ni mamlakatning 6 ming aholisi umra amallarini bajarishi mumkin.

18-oktyabrga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda ziyoratchilar soni 75%gacha oshiriladi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil aprel oyidan boshlab umra safari taqiqlab qo‘yilgandi.

Saudiya Arabistoni may oyining oxiridan karantin cheklovlarini sekin-asta yumshata boshladi, mamlakat ichidagi harakat cheklovlarini bekor qildi, masjidlar ochildi, odamlarning o‘z ish joylariga qaytishiga ruxsat berildi.

Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 331 359 ta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 4 569 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Saudiya Arabistoni, umra safariga, oktyabrdan, ruxsat berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя