Главная » 2020 » Апрель » 9 » Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a'zosida koronavirus aniqlandi - OAV
18:11

Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a'zosida koronavirus aniqlandi - OAV


Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a'zosida koronavirus aniqlandi. Shu munosabat bilan shifoxonada 500 ta o‘rin tayyorlab qo‘yilgan.

Bu haqda podshohlik oilasiga yaqin manbaga tayanib The New York Times nashri xabar berdi.

Shu munosabat bilan podshohlik oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi Podshoh Faysal nomidagi shifoxonada 500 ta VIP-o‘rin tayyorlab qo‘yilgan. Ayni vaqtda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida Ar-Riyod gubernatori bo‘lgan shahzodalardan biri joylashtirilgan. 

Ta'kidlanishicha, 84 yoshli podshoh Salmon Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyida izolyatsiyada bo‘ladi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud va vazirlar hozirda izolyatsiyada qolmoqda.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli yirik shaharlar qat'iy karantinda qolmoqda. Bu yerda do‘konlarga yoki tibbiy yordam uchungina ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan. 

Hozirda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingga yaqinni, vafot etganlar soni esa 41 nafarni tashkil qilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя