Главная » 2020 » Март » 3 » Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi
22:40

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi


Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, olingan tahlil natijalari Erondan Bahrayn orqali kelgan podshohlik fuqarosida koronavirus borligini tasdiqladi. Ushbu inson bilan aloqada bo‘lganlar ham tekshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Erondan Bahraynga qaytgan to‘rt nafar Saudiya Arabistoni fuqarosida ham koronavirus aniqlangan edi. Bahrayn hukumati bilan kelishuvga ko‘ra, ular o‘sha yerda davolanadigan bo‘lgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi bilan Xitoyda 2019-yilning dekabridan buyon kasallanganlar soni 80 151 kishiga yetgan. Moskvada koronavirus sabab 24 nafar rossiyalik kasalxonaga yotqizilgan. Shu sababli Moskvada ommaviy ravishda odamlarning tana harorati tekshirilmoqda. Italiyada esa koronavirus qurbonlarining soni 52 nafarga yetdi.


 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя