Главная » 2017 » Июль » 19 » Saudiya Arabistonida mini Yubka kiygan qiz qamalishi mumkin
10:50

Saudiya Arabistonida mini Yubka kiygan qiz qamalishi mumkin


Saudiya Arabistoni hukumati Ushaykir fortida mini yubka kiyib aylanib yurgan model qiz Xulud ustidan tergov-surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar beradi "Korrespondent.net".

Xulud diqqatga sazovor maskanda kalta yubkada aylanib yurgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid qilinmoqda: ayrim saudiyaliklar model qizni islom dini me’yorlarni buzganlikda ayblab, uni qamoqqa olishni talab qilmoqda.

Ayrimlar esa qizning jur’atliligi uchun uni maqtashmoqda.

Saudiya Arabistonida ayollar tanalarini boshdan oyoq yopib turadigan uzun va keng ko‘ylak kiyib, boshlariga ro‘mol o‘rab yurishlari shart qilib belgilangan. Mamlakatda istiqomat qiluvchi ayolllarga shuningdek, avtomobil boshqarish va begona erkaklar bilan muloqot qilish ham taqiqlangan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mini Yubka, qamalishi mumkin, Saudiya Arabiston, Qiz, kiygan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя