Главная » 2020 » Март » 20 » Saudiyada al-Haram va an-Nabaviya masjidlarida ham namoz o‘qish to‘xtatildi
09:07

Saudiyada al-Haram va an-Nabaviya masjidlarida ham namoz o‘qish to‘xtatildi


Kecha, 19 mart kuni Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun eng mo‘tabar bo‘lgan Makkadagi Masjid al-Haram va Madinadagi Masjid an-Nabaviyada ham vaqtincha namoz o‘qishni taqiqladi. Bu haqda “Al-Ixboriya” telekanali ma’lum qildi
Taqiq bugun, 20 martdan kuchga kiradi va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘nglanmaguncha amal qiladi.

Joriy yilning 17 mart kuni Saudiya Arabistonida eng yirik ikki masjiddan boshqa barcha masjidlar yopilgandi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida bugungacha 274 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 8 nafari davolangan. Podshohlikda hozircha virusdan o‘lim holati kuzatilmagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя