Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Savdo sohasida qator taqiqlar joriy etiladi
09:40

Savdo sohasida qator taqiqlar joriy etiladi


O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e`lon qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 4-2 kichik band bilan to‘ldiriladi:

“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”;

189-band (Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi) quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotish”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя